Nilufar Usmonova mexmonimiz! - 26 Июля 2013 - Www.ForumShou.Uz l E'zgulik Nishonasi
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2013 » Июль » 26 » Nilufar Usmonova mexmonimiz!
10:33
Nilufar Usmonova mexmonimiz!


Barcha saytimiz ixlosmantlariga yana bir yangi intervyuni xadya etamiz. Bu gal Serqirra ijodkor,3 nafar farzandning onasi,xit taronalar kuychisi

 NILUFAR USMONOVA mehmonimiz!! Suhbat juda ham samimiy o’tdi,unda barchaga qiziq bo’lgan savollarga javob topasiz.

 

Maftuna- Nilufar Usmonova o’zini kelajakda qanday tasavvur etadi ? 1-Quvnoq,2-Ko’p farzand onasi,3-Ancha Bosiq!??

 

Nilufar Usmonova- Albatta hammasi (kulib). Agar jiddiy olib qarasak albatta quvnoqligim va noodatiyligimcha qolaman,biroz yoshi katta bo’lgach har bir ayol bosiladi,balkim men ham  (kulib).

 

Maftuna- Barchaga ma’lum San’atda ham,oilada ham faolsiz. Taom tayyorlash borasizda ham ancha pazandasiz deb eshitganmiz! 7-yoshingizda Bodiringli Osh tayyorlagansiz,xo’sh endilikda qanday osh tayyorlayabiz,7-yoshdan farqi bormi ?

 

Nilufar Usmonova-(xandon otib kulib) Ha,ancha yaxshi tayyorlayabman. Uydagilarga vodiycha osh damlab beraman.Toshkentda yashasam ham,uyda vodiycha osh damlayman.

  


Maftuna- Feruza Usmonova va yaqin insonlaringiz aytishlari bo’yicha uyda aynan Nilufar Usmonova damlagan oshni sevib iste’mol qilishar ekan….?

 

Nilufar Usmonova- To’ppa To’g’ri aytishibti. Xamir ovqatlardan ko’ra mana shu oshni sevishadi (xandon otib kuldi)


Maftuna- Muxlislaringizni qattiq sevasizmi ? 


Nilufar Usmonova- Albatta ularni sevaman. Axir biz san’atkorlarni qo’llab-quvatlaydigan muxlis-ku? Eng katta Piarni ular qilishadi ! Men muxlislarimni yaxshi ko’rib yangidan-yangi taronalar ulashib turaman. Umuman olganda shunday muxlislarim borki xox u Maftuna bo’lsin, xox Iqbol bo’lsin,ular kim bo’lishlaridan qatiiy nazar, meni xayotda ko’rmagan bo’lsada ashaddiy bo’lib,diskimni xarid qilib, qo’shig’imni eshitib yurishi,qo’llab-quvatlashi bu eng zo’r so’vg’adan ham zo’ri! Ularni shirin so’zi va e’tibori men uchun muxim ! 

 

Maftuna- Yakkaxon konsert dasturingiz qachon bo’ladi ? Axir muxlislar buni anchadan beri kutishmoqda ?! (muxlislar savoli).


 Nilufar Usmonova- Xudo xoxlasa shu yil Qishga mo’ljallayabmiz. Meni kompaniyam va katta produsserim Ravshan aka va’da berganlaridek,men xarakat qilyabman. Yangi taronalar kuylayabman.



Maftuna- Konsertingizda "90% jonli aytaman” deb aytaolasizmi ?


 Nilufar Usmonova- (kulib) Xudo xoxlasa 100% aytaolaman! Sababi,mana anchadan beri konsertga xarakat qilib kelyabman. Albatta jonli qo’shiq bo’ladi!!


Maftuna- Fond Forum loyihalari xaqida fikringiz qanday ?



 Nilufar Usmonova- Judayam yaxshi va a’lo ! Ularni qilayotgan xar bir Savob ishlari taxsinga loyiq! Doim kuzatib boraman,nima loyiha qilinsa shu zaxoti Xayriya uchun ishlatiladi. Yoshlarga juda katta yordam qo’lini cho’zishmoqda! Ko’krak bezi saratoniga chalinganlarga qanchadan qancha yordam ajratishdi. Tariflashga xatto-ki Til ojiz (samimiylik bilan).


Maftuna- Uni bir so’z bilan tariflay olasizmi ?

 

Nilufar Usmonova- (ko’p o’ylanib),Mexribon ayolni qilgan Amallari!

Maftuna- Aynan barcha loyihalarida faolsiz! Sizga yoqadimi shularda qatnashish ?

 

Nilufar Usmonova- Albatta,bu juda katta loyiha,va u nafaqat biz san’atkorlarni balkim,xar bir savob ish qilishni istagan insonlarni hamjixatlikda birlashtirdi !

 

Maftuna- Reklama ro’liklarda san’atkorlar chiqishiga qanday qaraysiz ? Nega Nilufar Usmonova reklamalarda ko’rinmaydi ?

 

Nilufar Usmonova- Ochig’ini aytsam,men umuman reklamaga san’atkor tushishi kerak deb xisoblamasdim! Sababi,agar meni oladigan bo’lsak, men ozmi ko’pmi xarakat qildimi mana shunday taniqli bo’lishga? Usha reklamasiga chiqishim uchun ijodimga sariflangan pulni xech bo’lmasa yarmini to’lashsin! Meni yuzimni foydalanishganiga! Umuman olganda tushishni istamayman!

 


Maftuna- Oilangizni daraxt timsolida tasavvur etaolasizmi ?

 

Nilufar Usmonova- Albatta,Chinordek!

 

 

Maftuna- Tanqidga qanday qaraysiz ? Ana-ana taronangizni Lady Gaga ga taqqoslashdi axir ??

 

Nilufar Usmonova- Tanqid juda yaxshi. Ijodkorni yaxshi ijod qilishi uchun turtki. Ammo,rostdan ham Ana-ana klipini Lady Gaga ga taqqoslashgani to’g’risi noto’g’ri! Qani? Qaysi Joylari o’xshab qolgan ? Ko’rsatishsin ?! Klipim yoqsa xursandman,yoqmasa ya’na bir bor ko’rib ko’rishsin,balkim yoqib qolar,ammo Lady Gaga bu boshqa Mavzu!


 

Maftuna- So’ngi  kuylagan taronangiz "Qadrimga yet” deb nomladingiz,qo’shiqning ishchi nomi esa "Niqob”. Qiziq Nilufar Usmonova kimni "Niqobini” yechmoxchi ??

 

 

 Nilufar Usmonova - (kulib)  Ikkalasi xam niqobini yechadi,yani ikkala qaxramon obrazidagilar niqob ostida yashiringan bo’ladi.  Klip g’oyasiga to’xtalsam,Jamshid Xojiniyozovga tegishlik. Birinchi,ssenariyni o’qiganimda  menga juda yoqdi,va ajoyib klipmeyker Yodgor Nosirovga murojaat etdim. Va mana,klipni suratga olib bo’ldik)))

 

Maftuna- So’ngi kunlarda eshitishimizga qaraganda,kitob chiqazgan  emishsiz?

 

 Nilufar Usmonova – Ha.  Kursdoshim bilan Giyohvandlikka qarshi kitob chiqazdik. Hali uncha omma e’tiboriga taqdim etganimiz yo’q,lekin sizning saytingiz uchun uni so’vg’a qilaman )))



Suxbat juda chiroyli tarzda o'tdi. Tez kunda xonanda o'zining fan-clubi bilan uchrashuvni rejalashtirgan ekan. Kutamiz!

 

Категория: Интервьюлар | Просмотров: 116 | Добавил: asdasd | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Код *: